0+
Momaqaymoq bolalari

Бесплатный фрагмент - Momaqaymoq bolalari

Hayot haqida. Undagi bor qadriyatlar haqida. Va, albatta, Shamol haqida

Объем: 10 бумажных стр.

Формат: epub, fb2, pdfRead, mobi

Подробнее
О книгеотзывыОглавлениеУ этой книги нет оглавленияЧитать фрагмент

Kech kirdi.

Kun jaziramasining o’rniga astagina kechki salqin keldi. Barcha jonzot nihoyat yengil nafas oldi.

O’simliklar va hayvonlar uyquga tayyorlanishdi. Hamma joyda hoziru nozir mitti chivin kechki sayrga chiqdi.

Bu orada keksa momaqaymoq yotishdan oldin kichik nevaralari bilan gaplashishga qaror qildi.

— Qadimgi momaqaymoqlarning aytishicha, hayotning asosiy qadriyatlaridan biri bu o’z tanlovini qilish huquqi va Shamolning muvaffaqiyatli yo’nalishini bilishdir. Men esa sizga, bularning barchasi juda muhim ekanini aytmoqchiman. Asosiy qadriyat — yoningda bo’y ko’rsatib turgan ota-ona bag’ridir!

Momaqaymoqchalar bir-birlariga hayron bo‘lib qarashdi.

— Bobo, lekin nega ota ona bag’ri qadrlidir? — deb soʻradi mittivoy.

— Bu hozir muhim emas. Vaqt keladi, — o’zingiz hamma narsani tushunib olasiz! — to‘ng‘illadi bobo. «Ha, hali erta, hali bular yetuk emas», — deb o’yladi momaqaymoq bobo va ovoz chiqarib dedi:

— Uxlagani yotinglar! Juda kech bo’ldi.

Boboning so’zlari momaqaymoqchaning hech aqlidan chiqmasdi va u hech uxlay olmadi:

— Bobo, ayting, nima haqida gapirganingizni ayting. Gaplaringiz nimani anglatadi? Bu sizga qiyin emasku. Donoligingizni biz bilan baham ko’ring!

«Donolik bilanmi… yoki ahmoqlik…», — bobo ko’zlarini ochmasdan sirli javob berdi.

— Aytib bering bobojon? — nevaralar taslim bo’lishmadi.

— Xo’sh, tinglang, — momoqaymoq bir esnab qo’ydi va asta hikoyani boshladi.

Momoqaymoqlar tog’ning go’zal yon bag’rida yashashar edi. Bu mehribon mavjudotlar toza havo va quyoshning tinimsiz onalik g’amxo’rligidan erkalanishar edilar.

Aprel oyida, birinchi qor erishi bilanoq, mitti momoqaymoqchalar birgalikda yorug’likka intilib unib chiqishdi va endi ular o’zlarining zavqlari uchun yashashni boshlashgan edi. Ularga hayvonlar, qushlar va har bir o’tkinchi jonzot zavqlanib qarar edi. Ular quyoshga qo’l cho’zishar, dunyoga o’zlarining yorqin tabassumlarini tuhfa qilar va har bir kun uchun chin dildan quvonar edilar.

Har kuni ertalab, quyoshning birinchi nurlari bilan, shiringina sustkashlik ila, birin-ketin, momaqaymoqchalar uyg’onib, cho’zilib, yorqin sariq qalpoqchalarini kiyib olishar edi. Quyosh botganda esa uyquga ketayotgan holda, ular o’sib-ulg’ayuvchi, emaklovchi, yuguruvchi, yuruvchi va uchuvchi barcha barchaga iliq sokin tun va shirin tushlarni tilashardi.

Shu tarzda, kunlar o’taverardi.

Aprel salqinidan keyin may oyining iliqligi keldi. Mitti momoqaymoqchalar katta momoqaymoqlarga aylanishdi: endi ular kattalar bilan suhbatlashar, oila qurishgan va allaqachon bolalar haqida o’ylashni boshlashgan edi., momaqaymoqlarga yangi maqom — ota-ona maqomiga ega bo’lish quvonchini bergan Iyun issiqligi o’zini e’lon qilishga ulgurmasdan, iyul ham kirib keldi va o’zi bilan issiqligini ham tog’ yonbag’irlariga tuhfa qildi.

Iyul oyi kelganidan quyosh, ayniqsa, xursand edi. Endi u o‘zining onalik tuyg‘ularini bemalol ifoda etar va jonli-jonsiz hamma mavjudotni shafqatsizlarcha o‘zining qizg‘in bag‘riga bosib, o‘z mehrining cheksiz oqimlarini Yer bilan baham ko’rar edi.

Momaqaymoqlar esa tabiatdagi bu o’zgarishlarni sezishmadi ham. Ular bor fikrini bolalarga qaratishgan edi. Bolalarga tog’ yonbag’ridagi hayot qonunlari, xavf-xatarlari, o’zgalarga hurmatda bo’lish haqida gapirib berishi va ularga o’zlari bilgan barcha narsani o’rgatishlari kerak edi.

Бесплатный фрагмент закончился.

Купите книгу, чтобы продолжить чтение.