12+
«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi

Бесплатный фрагмент - «Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi

Monografiya

Объем: 158 бумажных стр.

Формат: epub, fb2, pdfRead, mobi

Подробнее

KIRISH

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari maktabda eng o’zoq vaqt o’tiladigan o’quv fanlaridan biri hisoblanadi. Texnologiya o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar — mehnat faoliyati jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqida bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir.

Bu fan umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’zoq muddat, ya’ni birinchi sinfdan to oxirgi sinfgacha bo’lgan davr ichida o’qitilishi bilan o’quvchilar faoliyatida va maktab hayotida o’ziga xos muhim ahamiyatga egadir. Bunda texnologiya fani darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni jismoniy tomondan to’g’ri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat malakalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirishdan iborat. Yuqorida aytilgan bosqichlardan har birini oldiga qo’yilgan aniq vazifalar mavjud.

Jumladan, 1-bosqichda 1-4-sinflardagi texnologiya darslarida o’quvchilarga kishilarning hayotida mehnatning tutgan o’rni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki mahlumotlar beriladi. Qog’oz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida sodda buyumlar, o’yinchoqlar yasash, tayyorlash orqali ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari shakllantiriladi.

2-bosqich darslari 5-7-sinflardagi texnologiya darslaridan iborat. Bu bosqichdagi texnologiya darslari texnologiya va dizayn (yog’ochlarga, plast-massalarga va metallarga ishlov berish texnologiyalari, elektrotexnik va tahmirlash ishlari), servis xizmati (pazandachilik va gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, tikuv buyumlarini tahmirlash) hamda umumlashgan yo’nalishlarda tashkil etiladi. Bular ishlab chiqarishning eng muhim ko’rinishlari bo’lib, deyarli hamma sohalarda qo’llaniladi. SHu sababli 5-7-sinflardagi bu mashg’ulotlarda o’quvchilarga ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari bo’lgan yog’och, plastmassa, polimer, metall, gazlama kabi materiallarga hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va tahmirlash ishlariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi, mehnat ko’nikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladi.

3-bosqichdagi texnologiya darslari 8-9-sinflarda olib boriladigan texnologiya darslari bo’lib, ularda xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish va ro’zg’orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash kabi sohalar bo’yicha nazariy tushunchalar beriladi va amaliy mehnat ko’nikmalari singdiriladi. Umumiy o’rta Ta’lim  maktabi o’quvchilarini  tadbirkorlikga yunaltirish, shaxsiy ishlab chiqarish korxonalariga ega bulish, kichik va o’rta biznes  tadbirkorlik subektlariga ega bo’lish xakida tushunchalar  berish, iktisod fani bilan boglash masalalarin kiritish o’quvchi dunyoqarashini rivojlantiradi.

Texnologiya fanining o’qitilishida o’qituvchi ko’proq  darslarni  ishlab chiqarish korxonalarida, eksko’rsiya ko’rinishida yoki sinfdan va maktabdan tashqari to’garak, o’quv tsexlari, korxona, muassasalarda   oddiy shogirdlikdan  korxona rahbarigacha bo’lgan  pog’onalargacha ko’tarilgan  tadbirkorlar bilan  uchrashuvlar o’tkazish, davra suhbatlari  tashkil etib bolaning ko’z o’ngida bugungi kunda zamonaviy rahbar  ko’rinishidagi shaxsni shakllantirish orqali o’quvchilarga tushunchalar berib borish kerak.

Aynan mana shunday tadbirlar orqali o’quvchilarning psixologik yosh orqalilarini hisobga olib  o’quvchi eshitganidan ko’ra, ko’proq ko’rganini qiladi, degan psixologik yondashuvga amal qilinsa, maqsadga tezroq erishish mumkinligini ko’rsatish yoki ayrim holatlarda tadbirkorlik subektini boshqaruvchisini yashash turmush tarzi aks etgan  videoroliklar orqali o’quvchilarga motvattsiya berish usullaridan ham foydalanish  yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini tushuntirish lozim. Pedagogik jamoa orasida liderlik  maqomiga ham ega  mumkin, Masalan, texnologiya darslarida qaysidir buyum yoki detalni tayyorlash jarayonini tushuntirishda, dastlab tayyorlanadigan buyumni texnalogik  xaritasini tayyorlashda bevosita rasm va chizmachilik  fanlaridan olingan bilimlarga suyanilishini, uning xajmini va o’lchovlarini olishda matematika va gemetriya fanlari bilan bog’lanishini, tayyorlanadigan detalni bikrligini taьminlashda maxsulotni ximiyaviy, fizikaviy va texnologik hossalarini yaxshi tushunish kerakligi, chunki, bu materiallarni tanlashda aloxida ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib, natijada mehnat unimdorligitni  oshirish, kam mehnat sarflab ko’proq natijaga erishish mumkinligini, bu natijani hisoblashda iktisod fanini o’rnini tushuntirib bersa, o’quvchini ko’z o’ngida texnologiya fani o’qituvchisi bir necha fanlarni o’zlashtirgan o’ta bilimli shaxs sifatida namoyon bo’ladi yoki texnologiya  fani o’qituvchi  bolalarni  xatti-xarakatlari orqali ana shu sanab o’tilgan fanlarni o’quvchilar kanday o’zlashtirganliklarini bilib olishi mumkin va shu orqali fan o’qituvchilariga taklif va fikrlarini berishi mumkin, shuni natijasida texnologiya fanini o’qitilishida barcha fanlar  muhim ekanligini ko’rsatish mumkin.

Amalda umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi  o’quvchilarni hayotga tarbiyalash ekanligini hisobga olib,  maktablarning o’quvchilarini maktabni bitirib chiqib ketayotganda muayan bir kasbni egasi , bugungi kun talabi ekanligini  davlatimiz rahbari o’zlarining xar bir chikishlarida takror takror  aytmokdalar. Xattoki Davlatimiz rahbarining umumtaьlim maktablarini bitirib chiqayotgan  bitiruvchilar  kamida  1 ta musiqa asbobini mustaqil chala olishi shart deb taьkidladilar va bu ishni amalga oshirishda  Xalk taьlimi vazirligiga hamda  Madaniyat vazirligiga qator  topshiriqlar berdilar.

Davlatimiz rahbarining xududlarni  ijtimoiy iktisodiy rivojlanishini o’rganish buyicha viloyatlarga qilgan barcha  safarlarida xududlarni sharoitlaridan kelib chiqib, shu xududlardagi  Oliy o’quv yurtlari negizida turli xil fakulьtetlarni ochib malakali mutahasislar tayyorlashni yo’lga qo’yish keraklgini ta’kidlab o’tmokdalar. Masalan,  Fag’ona viloyatiga tashriflari davomida Fag’ona  Davlat  Universiteti bazasida asalarichilik, o’zumchilik va anorchilikga iktisoslashtirilgan  fakulьtetlarni qo’shimcha tashkil etish buyicha Oliy taьlim vazirligiga topshiriqlar berilmokda yoki Prezidentimizning tashabbuslari bilan  2020 yili Qo’qon  shaxrida milliy hunarmandchilik buyicha xalkaro festivalni  o’tkazilishi, O’zbyokistonni butun dunyoga tanitganligini  hammamiz guvohi bo’ldik. Aynan shu xalkaro festivalda Davlatimiz rahbari milliy hunarmandchilik sir - asrorlarini maktab taьlimiga kiritish buyicha aloxida tuxtalib Rishton kulolchilik maktabini yaratilishi Qo’qon va Margilon shaxarlarida kashtachilik va kasanachilik maktablarini kelgusida rivojlantirish dasturlarini taklif kildilar, shulardan ko’rinib turibdiki, umumiy o’rta taьlim maktablarida yangilanaetgan milliy o’quv dasturi asosida keng kamrovli o’quv ustaxonalari tashkil etish ham ko’zda tutilmokda. Bunda asosan texnologiya darslarida amaliy va nazariy mashgulotlarni birgalikda tashkillash imkoniyati yaratiladi, o’z o’zidan ko’rinib turibdiki, bu ishlarni tashkillashda maьsuliyat texnologiya fani o’qituvchilarini zimmasiga tushadi. Rishtondagi kulolchilik yo’nalishidagi yosh tadbirkor  Baxromjon tajribasida misollar keltirilsa  asosli bo’ladi.

Texnologiya fani o’qituvchisi o’quvchilarni bo’sh vaktlarini unumli tashkil etish buyicha bir nechta takliflarga ega bo’lsa  maqsadga muofiq bo’ladi chunki, shu orqali o’quvchilarni turli xil yot narsalardan saklab kolishi mumkin, aksincha ustoz shogird maktabi buyicha o’quvchilarni moddiy qo’llab-quvvatlashni ham tashkillashi mumkin. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari orqali kasblarga yullash ishlarini maqsadli va mazmunli tashkillab o’quvchilarni kelajakda kim bo’lishlari xakidagi savollarga javoblar olishlariga imkon yaratib beriladi.

Bunda o’quvchilarga kasb turlari, ularning o’ziga xos tomonlari orqali, kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqidagi ma’lumotlar ham o’rgatiladi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash o’quvchilarning o’zlariga havola etiladi. Mazkur texnologiya darslarini o’qitishdan oldinga qo’yilgan asosiy maqsad o’quvchilarning aqliy va jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirishdir. Bundan quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:

- o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan hislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

- o’quvchilar tomonidan bajariladigan, moddiy nehmatlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilim-larini hamda mahlum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egalashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakko’rlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, ta’lim samaradorligini oshirish borasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga ehtiyoj tug’ilmoqda.

Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga moslasha oladigan, raqobatdosh, faol va ijodkor shaxslarni shakllantirishdan iborat/1/.

Binobarin, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil yil 6-noyabrdida imzolangan “O’zbekistonning yangi tarqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108 Farmonda ham “Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g’oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo’lgan, intellektuaal va mahnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo’lishlari uchun zarur ko’nikma va bilimlar bo’lishini shakllantirish” mazkur sohadagi asosiy yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan. SHuningdek, Prezident Farmoni va Qarorlarida shuningdek, asarlarida mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o’qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo’lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o’quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalarini o’rganish va ijrosini ta’minlashning kun tartibidagi asosiy masalasi sifatida qaralmoqda  /2-7/.

Bu masala boshqa fanlar qatori texnologiya fanini o’qitishda ham asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun esa o’qitish jarayonida ta’lim metodlaridan unumli va oqilona foydalanish hamda bu metodlarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va o’qitish jarayoniga tadbiq etish orqali texnologiya fani mashg’ulotlarining samaradorligini oshirish talab qilinadi. SHu sababli bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidagi asosiy dolzarb masala – ta’lim metodlari va shakllarini yaxshi egallagan, ularni amalda ahborot kommuniktsiya vositalaridan qiynalmay fodlana oladigan  oladigan malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat bo’lib qolmoqda. CHunki, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni kasblarga yo’naltirishda o’qituvchi shaxsi va uning faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Binobarin, o’qituvchi olib boradigan ochiq muloqot tarzidagi mashg’ulot jarayonini boshqa hech narsa bosa olmaydi. SHu sababli ham malakali yetuk o’qituvchi kadrlar tayyorlash uchun, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish muhim omil hisoblanadi.

Jahonda ta’lim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda «ta’limning hamma bosqichlarida, ta’lim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda»/ 8/.

Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadini amalga oshirish kelajak yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda.  Bu esa fan o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalarini qo’yadi. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan avvalol istak, hohish – iroda, yuksak kasbiy salohiyat va insoniy ijobiy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi.

Ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish mavzusi yuzasidan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari, ularni tushintirish mehanizmlari taklif etilgan bo’lsalarda /9/ texnologiya fanini, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayoni shu kun talabida o’rganilmagan.

SHuningdek, hozirgi kunda hech bir mamlakatning o’quv ta’lim-tarbiya muassasasida rahbar hodim tayyorlanmaydi, insonning rahbarlik salohiyati o’zining ish faoliyatida jamoada ishlash jarayonida shakllanib boradi. SHu bois fan o’qituvchisi boshqaruv faoliyatining kompetentlik darajasini yanada yuksaltirishning eng muqobil yo’li sifatida qaralmoqda va malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda.

Dunyo hamjamiyatida aks etayotgan ilmiy-metodik, mahnaviy-mahrifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kontyokistida (manzarasida) aks etishi orqali yuzaga keladigan kommunikativ munosabatlar, ahborotlarni o’zatish va qabul qilish hamda uni qayta ishlash bilan undan mahlum maqsadlarda foydalanish orqali inson omili bilan bog’liq bo’lgan masalalarning ilmiy-nazariy yechimlari aniqlanmoqda.

Ta’lim tizimida texnologik jarayonlarni tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonini tashkil etishda zamonaviy  bilimga ega bo’lgan ijodkor, malakali, salohiyatli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchiga zarur. SHuningdek, texnologiya fani o’qituvchisi texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi, Ta’lim jarayoni samaradorligiga salbiy tahsir etuvchi va ularni bartaraf etish yo’llarini bilishi, modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi,   o’quvchilar bilim samaradorligini oshirishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi va dars jarayonida tadbiq eta olishi zarur.

Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari/10/  o’zluksiz Ta’lim tizimida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar, pedagogik jarayonlarning o’ziga xos orqalilari, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuvlar, Ta’lim jarayonlari samaradorligi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning funktsiya va metodlari, shuningdek, ta’lim muassasasi oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda rahbarlar va professor-o’qituvchilar tomonidan pedagogik jarayonlarni takomillashtirish, pedagogik jarayon sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning refleksiv faoliyatini tashkil etish asosida ta’lim samaradorligini oshirish yo’nalishidagi vazifalar yoritilgan.

R.X.Djuraev, S.T.Turg’unov, N.Q.Axmedovalar Xalq Ta’limi tizimi umumiy o’rta ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati yo’nalishlari, boshqaruv faoliyati modeli, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida tashkiliy to’zilish va boshqaruv tamoyillari, boshqarishning funktsiya va metodlari, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonini takomillashtirish omillari, ta’lim muassasasi rahbarlarining ish vaqti va undan foydalanish, ta’lim muassasasini boshqarish texnologiyalari, boshqarishda innovatsion faoliyat, ta’lim muassasalari rahbarining boshqaruv faoliyati samaradorligi, umumiy o’rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda hamkorlikdagi boshqaruv kabi masalalar yoritilgan/12/.

R.X.Djuraev, S.T.Turg’unovlar tomonidan zamonaviy maktab rahbarlarining funktsional vazifalari va boshqaruv faoliyati samaradorligi, boshqaruv funktsiyalari va metodlari, umumiy o’rta ta’lim muasasalaridagi tashkiliy to’zilish, strategik boshqaruv va rejalashtirish, boshqaruv jarayonidagi tarbiyaviy munosabatlari, rahbarlik uslublari, ta’lim muasasalari rahbarlarining boshqaruv qobiliyatlari va umuminsoniy xislatlar, boshqaruv algoritmi, boshqaruvda mehnat munosabatlari etikasi, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, xodimlar va rahbarlar faoliyatini tashkil etish masalalari o’rganilgan/13/.

O’qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishda ta’lim muassasasi rahbarlarining funktsional vazifalari o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo’nalishidagi funktsional vazifalar, ularning kasbiy faolligini, shuningdek, malakasini oshirish, kasbiy kompetentliligini rivojlantirish hamda innovatsion faoliyatini tashkil etishda Ta’lim muasasasi rahbarlari oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirishga doir tavsiyalar berilgan/14/.

O’qituvchilarning kasbiy mahoratitva kompetentliligini rivojlantirish /15/ bo’yicha ta’lim muassasasi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligi va uning kompetentlari, pedagogik kompetentlilik ko’rsatkichlari va baholash mezonlari, o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonlari, metod, vositalari, kasbiy mahorat va kompetetntlikni rivojlantirish jarayonida korporativ asoslari, pedagogik innovatsion faoliyat, o’zluksiz malaka oshirish jarayoni modeli kabi masalalar yuzasidan so’z yuritiladi.

Mazkur muammolarni ijobiy yechimini topish uchun texnologiya fani o’qituvchisining texnologik jarayonlarni tashkil etishni bilishi va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish omillarini izlab topish yo’nalishida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish  shu kunning asosiy muammosidir.

Bu esa texnologiya fani o’qituvchilarining texnologik jarayonlarni tashkil eta olishi va boshqaruv faoliyatida esa kompetentli, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligini yuqori yuqoriga ko’tarishda mamlakatimiz prezidentining farmonlari, qarorlari va VM qarorlari hamda mazko’r sohaga aloqador bo’lgan mehyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazko’r dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot natijalari  muayan darajada hizmat qiladi /15-19/.

Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonida innovatsion Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, dars jarayonida boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini  oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq  ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari  va oliy Ta’lim muassasalarida, jumladan London universiteti  qoshidagi TA’LIM instituti Angliya), Nant universiteti  (Frantsiya), Kaliforniya va Ogaya universitetlari (AQSH), Vullongog universiteti (Avstraliya), Tokio pedagogika universiteti (Yaponiya), CHonnam miliy universiteti (Koreya respublikasi), SHanxay Ta’limni baholash instituti (XXR),  Moskva davlat universitetining boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazi (Rossiya) da olib borilmoqda.

SHuningdek, O’zbyokistonda “Bosh ilmiy metodik markaz” tomonidan professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash mexanizmi yaratilgan va ushbu mehanizmni yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Jahonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qator oliy ta’lim muassasalari tomonidan quyidagi ilmiy natijalar olingan: jumladan, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi TA’LIM instituti, Buyuk Britaniya); ta’lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya); ta’lim sifati nazoratining tashqi baholash mexanizmlari takomillashtirilgan (Nant, Frantsiya); sifatning yalpi boshqaruvi kontseptsiyasini oliy ta’lim muassasalarida qo’llash orqalilari ochib berilgan (Kaliforniya va Ogaya universitetlari, AQSH); Ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari takomillashtirilgan (Vullongong universiteti, Avstraliya); sifat boshqaruvini takomillashtirib borish yo’nalishlari aniqlangan (Tokio pedagogika universiteti, Yaponiya); professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash mexanizmi yaratilgan (Bosh ilmiy-metodik markaz, O’zbyokiston).

Dunyoda ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish bo’yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:

-  ta’lim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash;

-  ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish;

-  ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiqlashtirish;

-  sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish;

-  ta’lim tizimida hususan, texnologiya fanida texnologik jarayonlarni tashkil etishning o’ziga hosligi va boshqaruv mehanizmini  takomillashtirish yo’llarini malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirish masalalarini qayta ko’rib chiqish va o’quv ko’rslarida o’qituvchilarning boshqaruv mehanizmi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari o’rganilmoqda.

Ushbu muammoning dolzarbligi ilmiy nuqtai nazardan yetarlicha ishlanmaganligi, texnologiya fani, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish masalalari va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish muammolari yuzasidan yetarlicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmaganligi mavzuning “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” deb nomlashga asos bo’ldi.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyaev tomonidan «Bugungi kunning eng asosiy vazifasi – hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa boshqaruvda tarmoq bo’g’inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mashuliyatni o’z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir», deb tahkidlangan. Zero, boshqaruv sifatining takomillashuvi tegishli sohada erishiladigan yutuq va muvaffaqiyatlarning kafolatidir.

Ta’lim muassasalari boshqaruvi yo’nalishida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarini o’rganishga mamlakatimiz olimlari R.Jo’raev, M.Mirqosimov, , S.Turg’unov, N.Ahmedova, Q.SHodmonov, M.Yo’ldoshev/22-26/, shuningdek, MDH olimlari M.Gubanova, V.Gurov, Z.Kretsan, V.Lazarev, N.Nemova, T.SHamova, N.SHmirevalarning ilmiy ishlarida alohida e’tibor qaratilgan hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qituvchilarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ta’lim tizimi dars jarayonini, hususan, texnologikjarayonlarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish va innovatsion Ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish muammolari tadqiq etilgan/27-29/.

Ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalari mamlakatimiz olimlari A.Begmatov, J.Yo’ldoshev, H.Yo’ldoshev, M.Quronov, S.Turg’unov,  N.Ahmedova, M.Yo’ldoshev MDH olimlari O.Atlasova, Z.Berdnikova, Ye.Grishina, A.Nekrasov, Ye.Tonkonogaya va boshqalar tomonidan o’rganilgan/30-34/.

Respublikamiz  tadqiqotchilari R.Ahlidinov, R.Jo’raev, U.Inoyatov, S.Turg’unov va boshqalar, MDH olimlari  P.Anisimov, G.Bordovskiy, D.Gorbachevskaya, D.Kutyova, O.Nazarova, I.Pozdnyakova, M.Potashnik, L.Redьko, P.Tretьyakov, shuningdek, xorijlikolimlar B.Cole, E.El-Khawas, J.Goldberg, L.Harvey,  D.Westerheijden tomonidan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan, ta’lim sifati boshqaruvining o’zluksiz Ta’limda, shuningdek, malaka oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish bo’yicha o’zaro aloqadorligini belgilaydigan omillar ilmiy asoslangan.

SHuningdek, ta’limda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda   maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy Ta’limda sifatni baholash, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini nazorat qilishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.

Mamlakatimiz olimlari E.Seytxalilov, SH.Qurbonov, SH.SHaripov, M.Yo’ldoshev, S.Turg’unov,  N.Ahmedova MDH olimlari Ye.Kolegova, E.Korotkov, V.Ko’rlov, I.Mazur, V.Fedorov, V.SHapiro va boshqalar, shuningdek, xorijlik olimlar Deborah J.Teeter, Edward Sallis, Franklin P.Schargel, H.James Harrington, Jeffrey J.Burgard, Lawrence A.Sherr, Marmar Mukhopadhyay, Ronald J.Fitzgerald vaboshqalarning tadqiqotlarida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalarida, jumladan, ta’lim sohasida foydalanib kelinayotgan sifatni boshqarish mexanizmlari, shuningdek, malaka oshirish ko’rsi jarayonida o’qituvchilarni boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning omillari haqida fikrlar (sifatni boshqarishning baholashga asoslangan yondashuvi SWOT–tahlil, sifatning yalpi menejmenti–TQM tamoyillariga asoslangan kontseptsiya va ISO 9000:2000 xalqaro sifat standartlari talablariga asoslangan yondashuv)berilgan, ularning Ta’lim tizimidagi erishishi mumkin bo’lgan imkoniyatlari tahlil qilingan/35-42/.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda xalq Ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish muammosi bo’yicha alohida tadqiqot predmeti sifatida o’rganilmaganligini e’tirof etish mumkin.

O’quv qo’llanmaning maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida texnologik jarayonlarini tashkil etish va ularni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning omilarini zamonaviy yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat bo’lib, vazifalari esa texnologiya fani darslarida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik va psixo-pedagogik asoslari ishlab chiqish;

— texnologik ta’lim jarayonni tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning o’ziga hos yo’llari;

— texnologik ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda umumta’lim fanlari modullarini integratsiyasi.

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish tizimi modelini ishlab chiqish;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

O’quv qo’llanmaning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish masalalarini ilmiy-metodik asoslari o’rganilgan va ishlab chiqilgan;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmini boshqarishni takomillashtirishning psixologik-pedagogik asoslari ishlab chiqilgan;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning mazmun-mohiyati metodik nuqtai nazardan tahlil qilingan va o’ziga hos yo’llari o’rganilgan;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari o’rganilgan va dars jarayonida foydalanish tavsiya etilgan;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda umumTa’lim fanlari modullarini integratsiyalash masalalari tahlil qilingan;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish tizimining «modeli» ishlab chiqilgan.

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalari o’rganilgan.

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari o’rganilgan.

Amaliy natijalari esa texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning mazmun-mohiyati mualliflik yondashuvi asosida pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va fan o’qituvchisining boshqarish mehanizmini takomillashtirishning o’ziga xos orqalilari, asosiy funktsiyalari, ta’lim sifati va samaradorligini aniqlash yo’llari o’rganilgan;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishda xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida o’qituvchilarning boshqaruv faoliyatini takomillashtirish jarayonida kasbiy mahoratini oshirib borish mexanizmi yaratilgan;

— texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishda xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida sifatning yalpi menejmenti kontseptsiyasiga asoslangan sifat va samaradorlikni yanada rivojlantirish tizimi joriy etilgan hamda uni baholashning modeli, kvalimetrik shkalalari va algoritmi ishlab chiqilgan/43/.

Uquv qo’llanmaning mamlakatimiz va horijiy davlatlarda amalga oshirilgan pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanganligi, qo’llanilgan usullar va zamonaviy yondashuvlar, nazariy mahlumotlarning rasmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli to’zulmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izoxlangan. SHuningdek, ta’lim muassasasi rahbari va pedagog hodimlarning vazifalaridan kelib chiqib, texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati mehanizmini takomillashtirish asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning tizimli yondashuv texnologiyasini amaliyotga qo’llash samaradorligini keng miqyosda batafsil tashkil etilgan va o’tkazilgan tajoiba-sinov ishlari jarayonida o’z aksini topgan.

Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish yuzasidan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati, taklif etilgan modellarning tushintirish mehanizmi, ilmiy-metodik va psixologik va pedagogik asoslarning mavjudligi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuv asosida tashkil etish, o’quv reja va dasturlarni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim sifati va samaradorligi rivojlantirishda foydalanilishi bilan izohlanadi.

Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati umumiy o’rta Ta’limi muassasalarida, xalq Ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida o’qituvchilarning boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha mehyoriy-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlashda, uning mazmuni va sifatiga qo’yiladigan davlat talablarini ishlab chiqishda, tinglovchilarning malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringi mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktab (UO’TM) larida texnologiya fanini o’qitishda texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va o’qituvchining boshqarish faoliyati mexanizmini takomillashtirish yo’nalishida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida UO’TMda texnolgiya fanida texnologik tahhlim jarayonini tashkil etish va o’qituvchining boshqaruv faoliyati mehanizmini takomillashtirish sohasidagi taklif va mulohazalardan O’zbyokiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat Ta’lim Standartlari (DTS) ni tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha malaka talablari»da belgilangan kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o’zini o’zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy kabi tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11—03/03-1293-sonli mahlumotnomasi). Natijada umumiy o’rta ta’lim maktablarida DTS iga muvofiq texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va o’qituvchining boshqarish faoliyati maxanizmini takomillashtirish yo’nalishida rahbar va o’qituvchilarning masuliyati va kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari belgilangan.

UO’TMda ta’lim-tarbiya jarayonlari sifat va samaradorligini tahminlash mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga oid mualliflik g’oyalaridan A1-XT-1-33147-raqamli «Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari» nomli amaliy (2012-2014 yillar) loyiha hamda F1-XT-0-020452-raqamli «Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv tahsir etishning nazariy va metodologik asoslari» fundamental (2012-2015 yillar) tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11-03/03-1293-sonli mahlumotnomasi). Natijada, dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalar bilan ishlash hamda texnologik ta’lim jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorlikni oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan.

UO’TMda texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarini tayyorlashga oid muallif takliflari va g’oyalaridan Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 10 avgustdagi «Xalq ta’limi tizimida o’zluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy-metodik xizmatni takomillashtirish to’g’risida»gi 258-sonli buyrug’i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi tizimida o’zluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish to’g’risida Nizom»ni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11—03/03-1293-sonli ma’lumotnomasi). Natijada UO’TMlari o’qituvchilari uchun o’zluksiz malaka oshirish (metodist-o’qituvchi tayyorlash) jarayonlarini strategik yondashuv asosida tashkil etish texnologiyalari joriy etilgan.

Shuningdek, O’zbyokiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «O’zbyokistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 6108-sonli Farmoni, O» ЎЎzbyokiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi «» «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda o’zluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida» Qarori asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati mehanizmini o’zluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish asosida tashkil etish masalalari o’rganilgan. Bu esa malaka oshirish ta’limining ichki va tashqi nazoratini amalga oshirishni yagona yondashuv asosida tashkil etish imkoniyatlari yaratilgan.

I-BOB. TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYoNLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARUV FAOLIYaTI MEHANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY — NAZARIY ASOSLARI

O’quv qo’llanmaning «Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida ta’lim jarayonlarini tashkil etishning boshqarish ob’ekti sifatida tavsiflangan. Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik, psixologik va pedagogik asoslari hamda o’ziga hos hususiyatlari, shuningdek, ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.

1.1.Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari

Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda o’qituvchining dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda. Bu esa umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalari qo’yilmoqda va bu vazifalarni ijrosini tahminlash hukumatning mehyoriy-huquqiy hujjatlarida o’z aksini tongan /44—49/.

Jumladan, umumiy o’rta Ta’lim maktablarida texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida, jumladan London universiteti qoshidagi ta’lim instituti (Angliya), Kaliforniya va Ogaya universitetlari (AQSH), Vullongog universiteti (Avstraliya), Tokio pedagogika universiteti (Yaponiya), Moskva davlat universiteti boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazida olib borilmoqda.

Dunyo hamjamiyatida aks etayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kontekistida (manzarasida) aks etishi orqali yuzaga keladigan kommunikativ munosabatlar, ahborotlarni o’zatish va qabul qilish hamda uni qayta ishlash bilan undan mahlum maqsadlarda foydalanish orqali inson omili bilan bog’liq bo’lgan masalalarning ilmiy-nazariy yechimlari aniqlanmoqda. SHuningdek, mamlakatimizning oliy Ta’lim tizimida professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy Ta’lim muassasalarida sifatni tahminlash mexanizmi yaratilgan (Bosh ilmiy metodik markaz, O’zbyokiston).

Hozirgi kunda ayrim mamlakatlarda jumladan, Moskva davlat universiteti qoshida boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazi faoliyat ko’rsatyapti, mamlakatimizda esa oliy ta’lim tizimida professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy Ta’lim muassasalarida sifatni tahminlash mexanizmi yaratilgan.

Lyokin, hech bir mamlakatning ta’lim tizimida oliy mahlumot beruvchi rahbar hodim tayyorlovchi ta’lim muassasasi mavjud emas. Mo’tahassis hodimning rahbarlik salohiyati o’zining ish faoliyati jarayonida jamoada shakllanib boradi. SHu bois so’ngi yillarda fan o’qituvchisi boshqaruv faoliyatining kompetentlik darajasini yanada yuksaltirish muammosini malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan yuksak kasbiy salohiyat, pedagogik mahorat va insoniy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi. O’qituvchilarni malaka oshirish jarayonida boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida bir qator ilmiy natijalar olingan /50—52/.

Yuqorida tahkidlab o’tganimizdek, ta’lim tizimida ham rahbarlar tayyorlaydigan oliy dargoh yo’q, natijada kechagi o’qituvchi bugun maktab direktori, keyinchalik esa tuman, shahar halq ta’limi bo’limi mudiri kabi lavozimlarni egallashi mumkin, lyokin unda faqatgina o’zidan oldingi ishlagan rahbarlar faoliyati bo’yicha tahsurotga ega bo’ladilar holos.

Bunday holatlarda malaka oshirish jarayonida o’qituvchining rahbarlik faoliyatini shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi, ayrim holatlarda fikrlash va dunyoqarashlarning o’zgarishi, tinglashni o’rganish, muammolarning mazmun-mohiyatini tushina bilishi, fikrlarga munosabat bildirishi, qaror qabul qilishdagi shahsiy munosabatlar mustahkamlanadi va ikkilanish holatlari chyokinadi.

Aslida o’qituvchining boshqaruv faoliyati dars jarayonida va mazko’r guruhga rahbarlik jarayonidan boshlanadi. Ushbu jarayonda o’qituvchining boshqaruv faoliyati yuzasidan dastlabki ko’nimalar shakllana boshlaydi.

Mahlumki, malaka oshirish tizimida fan o’qituvchisi — tinglovchi o’z mo’taxassisligi yo’nalishidan tashqari pedagogika, psixologiya, ijtimoiy-gumanitar va boshqaruv nazariyasiga oid fanlarni tinglaydi, hamda so’ngi yillarda fan va texnika yangiliklaridan habardor bo’ladi. SHu tariqa o’qituvchi fan o’qituvchisi va sinf rahbari sifatida mahlum darajada mahlumotlarga ega bo’ladi, shuningdek, tinglovchida o’qitishga bo’lgan mashuliyat va javobgarlik hissi ortadi. Bu esa o’qituvchining rahbarlik faoliyati kompetentligini yanada rivojlanishida asosiy omil sifatida hizmat qiladi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini takomillashtirishni yahni texnologiya fani o’qituvchisining kompetentlilik darajasini yanada rivojlantirish masalalarini o’rganish va tahlil etish maqsad qilib olindi.

Ushbu muammoni yechimini aniqlashda fan o’qituvchisidan texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning quyidagi ilmiy-metodik asoslarini bilishini taqazo etadi:

— zamonaviy bilimga ega o’qituvchi ta’lim jarayoni samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi unsurlarni bilishi va ularni bartaraf etish yo’llarini aniqlay olishi;

— har bir fanga tegishli modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi;

— o’quvchilar bilim darajasini oshirish va ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada yuqori darajaga ko’tarishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi;

— o’qituvchining hususiy va kasbiy kompetentsiyalarini bilishi va uni dars jarayonida tadbiq etishni bilishi zarur.

Mazko’r muammolarni ijobiy yechimini topishda texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda, dars jarayonini boshqarish faoliyati va kasbiy kompetentlilik darajasiga bog’liq. SHu bilan birga o’qituvchilardan o’z fanini bilish salohiyati, ijodkorligi va pedagogik mahoratga ega bo’lishi talab etiladi. SHuningdek, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligi darajasini yuqori bo’lishini bir qator olimlar tomonidan o’rganilgan /53—55/.

Ushbu tadqiqotlar texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini shakllantirishning natijaviyligiga alohida ehtibor qaratilishi ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashishi, ta’limning sifati va samaradorligining uyg’unligini tahminlashi, ilmiy jihatdan kafolatlovchi asosiy takliflarni ishlab chiqish malakasiga ega bo’lishi, rahbar hodimlarni tayyorlashda fan o’qituvchisining ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati va metodik qobiliyatini ehtiborga olish muhim omil sifatda ehtirof etiladi.

1.2.Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning psixo-pedagogik asoslari

O’qituvchi o’quv mashg’ulotida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish, boshqaruv faoliyatini mexanizmini takomillashtirish, subьektning kompetentligi darajasini kundalik faoliyatda amaliyotga qo’llay olish qobiliyatlariga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari hozirgacha mahlum bir tizimga keltirilmagan. Buni ko’p sonli misollar tasdiqlaydi. Masalan, nazariy bilimlarni yaxshi o’zlashtirgan talabalar amaliy faoliyatda duch keladigan texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish harakteridagi masalalarning mohiyatini tushuntira olmaydilar. Bu holat nazariyani amaliyot bilan o’zviy bog’lab o’rganmaslik oqibatida kelib chiqadi. ta’lim mazmunini loyihalashdagi kamchilik va nuqsonlar oqibatida talabalar amaliyotdan ajralib qolgan, normal hamda yaxlit bo’lmagan shakldagi bilimlarni egallaydilar. Talabalar bilimlarining formal ekanligini yana bir sababi ko’pchilik holatlarda ularning tayyor holda, mohiyatini tushunmay, mexanik ravishda o’zlashtirilishidir. Bunday bilimlardan faqat standart holatlarda foydalanish mumkin, ammo o’zgargan (nostandart) sharoitda ulardan foydalanish muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Hozirgi paytda texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish malakasiga ega bo’lgan va boshqaruv qobiliyatini biladigan o’qituvchilarini tayyorlashning qiyosiy tahlil, ijtimoiy anketa so’rovlari natijalaridan ko’rinadiki, bu borada mahlum darajada ziddiyatlar mavjudligi ko’rsatmoqda.

Jumladan, oliy pedagogik ta’lim muassasalarida nazarda tutilgan DTS talablarining mazmun-mohiyatiga maktab tomonidan qo’yilayotgan yangi, zamonaviy talablar bilan bo’lajak pedagoglarga va ysh mutahassislarga kasbiy-metodik ta’lim berishga yondashishning yetarlicha nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqilmaganligi;

— fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy mutaxassislarga qo’yadigan talablari hamda umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilarining tayanch bilimlari darajasi yetarli emasligi;

— texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishga qo’yilgan talablarning kuchaytirilishi, mustaqil o’rganish faoliyati va ularni tashkil etish bo’yicha kompetentlik darajasining yetishmasligi;

— ta’lim tizimining ko’p jihatdan reproduktiv orqaliga ega ekanligi va oliy pedagogik ta’lim muassasasi bitiruvchisi-bo’lajak o’qituvchining pedagogik moslashuvchanligini shakllantirishga individual-ijodiy yondashish zarurligi;

— o’qitish jarayoniga mavjud qarashlar va jamiyatning kasbiy ta’lim rivojlanishiga qo’yadigan zamonaviy talablari o’rtasidagi farqning mavjudligi;

— o’qituvchining kasbiy faoliyatiga bo’lgan talablardan kelib chiqib maktabning ijodiy fikrlovchi, ijodkor, pedagogik maxoratga ega bo’lgan o’qituvchiga ehtiyoji borligi;

— yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etilishida bayon etilishi lozim bo’lgan mavzuning mazmun-mohiyatiga mosligi tanlash muammosining mavjudligi;

— o’qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojning o’sganligi an’anaviy metodlar o’rtasidagi farqlarning ortayotganligi;

— ijodkor o’qituvchilar faoliyati natijasida paydo bo’lgan o’qitishning ta’lim texnologiyasining sifat ko’rsatkichi bilan ularni baholashdagi eski metodlar o’rtasida farqning mavjudligi.

Yuqorida zikr o’tilgan farqlarni yo’qotish, texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishning va o’qituvchining boshqaruv faoliyati har tomonlama rivojlanishi, texnologik ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari o’rtasidagi mustahkam bog’liqlikni ta’minlay oladigan mutaxassis tayyorlashni vazifasini hal qilish zarur.

SHuningdek, texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyati mehanizmini takomillashtirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda salohiyatli, ijodkorligi, mahoratli, novator va turli hil konstruktiv-loihalarning yechimlarini, shuningdek, tashkiliy-iqtisodiy yechimlaridan foydalanishni biladigan fan o’qituvchisiga bo’lgan ehtiyoj muammosi o’z yechimini topish kerak.

Bu borada o’qituvchi o’z kasbining oddiy va murakkab tomonlarining mavjudliga va unga kasbiy metodik moslashish masalalariga alohida ehtibor qaratishi, o’quv-tarbiyaviy va metodik faoliyati tizimlarini o’zaro mo’tanosibligiga yaqinlashtirish asosida qaraladi. Biz quyida o’qituvchining bilish faoliyatidagi moslashuvchanlikdan kasbiy-metodik yo’nalganlik va kasbiy-metodik moslashishga o’tishi to’g’risidagi E.F.Zeerning fikrlariga e’tibor qaratamiz.

Bo’lajak mutaxassislarning metodik tayyorgarliklarini o’rganishda ko’pchilik tadqiqotchilar asosiy e’tiborni o’qitish mazmuni, metodlari va didaktik vositalarni qo’llashga oid turli metodikalarga qaratadilar. Bularning barchasi, albatta, kasbiy-metodik faoliyatining turli tomonlariga ma’lum ta’sir ko’rsatadi. Lekin, mutaxassisning alohida sifatlari emas, balki ularning yaxlit shakllanishi maqsadlarini samarali amalga oshirish uchun, bilim va malakalarni shakllantirish tizimini, dunyoqarash, motivatsion doirasini, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishni ta’minlash, keyingi metodik faoliyatida bilim va malakalarni egallash jarayonini ob’ektiv mazmun bilan to’ldirish kerak.

E.G’oziev, A.S.Linda, Z.A.Reshetova va boshqa psixolog olimlarning fikricha, o’qituvchilar, shuningdek, o’qituvchilar ham formal bilimlardan qochishi va uni bartaraf etishda etishda quyidagi didaktik omillardan:

— muammoli va dasturli ta’lim elementlari;

— o’qituvchi tomonidan mustaqil ish rejasini to’zish, mahlumotnomalar bilan ishlash;

— ma’lumotlari to’liq bo’lmagan yo’riqnomalardan foydalanish qo’yilgan masalalarni yechishda jiddiy tahlil etishga to’g’ri keladi.

Texnologiya fani o’qituvchisining texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagogik faoliyati muntazam o’zgarib turadi. SHu kabi vazifalar yechimini topishda K. Davlatovning fikriga ko’ra, pedagogik malakalar tizimi mustaqil ishlarni bajarganlarida shakllanib boradi.

N.V.Kuzьmina o’zining tadqiqot ishlari natijalariga asoslanib, «Pedagogning metodik faoliyatidagi muvaffaqiyat loyihachilik, fikr almashish (kommunikativ), tashkilotchilik qobiliyatlari va ular bilan bevosita aloqador bo’lgan malakalar bilan tahminlanadi» degan xulosaga kelgan.

T.V.Kudryavtsev «Pedagogik faoliyat to’zilmasiga loyihachilik, tashkilotchilik, fikr almashish bilan birga axborotchilik, rivojlantiruvchilik, yo’naltiruvchilik, safarbar etuvchilik va tadqiqotchilik vazifalari”ni ham kiritishni taklif etgan.

O’qituvchidan bu vazifalarni bajarish uchun mahlum darajadagi bilim, ish-harakat usullari, shaxsiy fazilat va qobiliyatlar talab etiladi. Ular barchasi birgalikda o’qituvchining yaxlit kasbiy-metodik mustaqilligi asosini tashkil etadi.

O’qituvchi professiogrammmasini turli vaqtlarda ishlab chiqish bilan V.A.Slastenin, Yu.K.Vasilьev, U.N.Nishonaliev, N.F.Talizina kabi olimlar shug’ullanganlar.

Texnologiya fani o’qituvchilarining metodik moslashuvchanligini shakllantirishda mustaqil ta’lim tayyorlanish jarayonida bilimlar darajasi kengayadi, chuqurlashadi, mukammallashadi, turli hil sharoitlarda ulardan foydalanish imkonini beruvchi harakteriga ega bo’ladi.

Mustaqil ishlarning umumnazariy va tashkiliy-metodik masalalari G.I.Ajikin, B.P.Esipov, A.S.Linda, P.I.Pidkasistiy va ularning maslakdoshlari ishlarida o’z ifodasini topgan. Ushbu yo’nalishda mavjud pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili mustaqil ishlarga mualliflar turlicha nuqtai-nazardan yondashganliklarini ko’rsatadi.

V.I.Gusev, M.A.Danilov, O’.Q.Tolipov kabi olimlar talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini tarkib toptirishga yo’naltirilgan o’quv-bilish faoliyatini; B.P.Esipov, A.S.Linda, bilish faoliyatini individual, guruh, va ommaviy tashkil etish shaklini; I. Ya. Lerner, P.I.Pidkasistiy va boshqalar bilishga oid qiziqish va ehtiyojlarni rivojlantirish vositasini; SH.S.SHaripov va boshqalar mahlum shaxsiy sifatlarni shakllantirish usuli sifatida talqin etadilar.

Psixolog T.V.Gusьkova «Mustaqil ishlarni shaxsning bilish va ijodiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan muntazam o’quv faoliyati deb biladi. Bundan talaba shaxsining kasbiy-metodik faoliyatga moslashishini tahminlash uchun faqatgina maxsulli izlanuvchanlik, tadqiqotchilik, bunyodkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari zarur», degan xulosa chiqarish mumkin.

Texnologiya fani o’qituvchilarining texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyatini takomillashtirishda kasbiy-pedagogik moslashuvchanlik shakllanib boradi. Ushbu jarayonni shakllangtirishda mustaqil Ta’lim hamda mustaqil ishlarni tashkil etish alohida ahamiyatga ega.

Pedagogik olim A.S.Linda va uning maslakdoshlari o’quvchilar mustaqil ishlarining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko’rsatganlar:

— o’quvchilarning akliy, irodaviy va jismoniy kuchlarini talab etuvchi mustaqil ishlar, intellektual va amaliy faoliyatga qiziqtiruvchi ishlar;

— bilish yoki amaliy vazifalar harakteridagi ishlar;

— muammoli vaziyatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi ishlar;

— qo’yilgan bilish va amaliy harakterdagi vazifalar yechimini topishda ijodiy yondashuvni talab etuvchi mustaqil ishlar;

— o’z faoliyatini rejalashtirish, uni ilmiy tashkil etish vazifalarni, boshqalarning yordamisiz bajarish, ish natijalarini maqsadiga qiyoslab baholashni ko’zda tutuvchi ishlar;

— muntazam ravishda ishning borishi, natijalarni nazorat qilish, kerakli hollarda o’zgartirishlar kiritish va amalga oshirishni takomillashtirib borishni ko’zda tutuvchi ishlar;

— qo’yilgan vazifalarni to’laqonli bajarishga kirishish. Bu, o’z navbatida, talaba shaxsini yaxlit rivojlantirishga imkon berib, aqliy va amaliy faoliyat usullari, o’zi ustida ishlash kasbiy-metodik faoliyatga moslashishni shakllanishiga imkon beradi.

N.Muslimov ta’lim oluvchilarning quyidagi ko’rinishdagi mustaqil ishlarini ehtirof etgan: masalalar yechish, mashqlar, grafik va ko’rgazmali ishlarni amaliy va laboratoriya ishlarida bajarish va h.k.

Ko’pchilik nazariyotchi psixolog olimlar va amaliyotchi pedagoglar mustaqil ishlarni tasniflashda asos sifatida ta’lim oluvchilarning mustaqillik darajasini yoki mustaqil ishlarning didaktik vazifasini oladilar.

Birinchi holatda mustaqil ishlar taqlil qilish, mashq qilish, ijodiy harakterdagi ishlarni bajarish, tadqiqotchilik ishlari kabilar nazarda tutiladi.

Ikkinchi holatda mustaqil ishlar quyidagilarga bo’linadi: yangi bilimlarni o’zlashtirish uchun mo’ljallangan mustaqil ishlar; o’zlashtirilgan bilimlarni qo’llash uchun mo’ljallangan mustaqil ishlar; takrorlash, bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish uchun mo’ljallangan mustaqil ishlar.

I.I.Malkin mustaqil ishlarni quyidagicha guruhlashni taklif etgan:

1. Reproduktiv mustaqil ishlar: a) kayta takrorlash; b) mashqqilish; v) sharxlash; g) tekshirish ishlari.

2. O’quv-bilish harakteridagi mustaqil ishlar: a) tayyorgarlik; b) qayd etuvchi; v) tajriba-sinov, izlanuvchan harakterli; g) mantiqiy-izlanuvchan.

3. Ijodiy mustaqil ishlar; a) badiiy-obrazli; b) ilmiy ijodiy; v) texnik — loyihachilik.

4. Amaliy — bilish harakteridagi mustaqil ishlar: a) o’quv-amaliy; b) ijtimoiy amaliy.

A.A.Verbitskiy mustaqil ishlar tavsifida asos sifatida mahlumotlar manbai va Ta’lim metodlarining olinishi zarurligini tahkidlab, mustaqil ishlarni quyidagi guruhlarga ajratgan:

a) darsliklar bilan ishlash;

b) mahlumotnoma harakteridagi adabiyotlar bilan ishlash;

v) masalalar yechish va qiyoslash;

g) o’quv mashqlarini bajarish;

d) insho va bayonlar yozish; ko’zatish va laboratoriya-amaliy ishlarini bajarish; chizmalar, modellardan foydalanish va ish-harakat usullarini ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan mustaqil ishlar.

N.A.Muslimov mustaqil ishlardan ko’zlangan kuyidagi maqsadlarni ko’rsatadi:

1. Mustaqil ravishda yangi bilimlar o’zlashtirish malakasini egallash;

2. Bilimlarni mustaxkamlash va aniqlashtirish;

3. O’quv va amaliy malakalar yechimini topishda bilimlarni qo’llash orqali talabalar malakalarini rivojlantirish;

4. Amaliy harakterdagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish;

5. Ijodiy harakterdagi ko’nikmalarni shakllantirish, qiyin vaziyatlarda bilimlarni qo’llash malakasini shakllantirish.

SHunday qilib, mustaqil ishlarga oid manbalar tahlili «Mustaqil faoliyat» tushunchasini quyidagi jihatlar mavjud bo’lgan jarayon sifatida talqin etishga imkon beradi:

— Ta’lim oluvchilar tomonidan umumiy va xususiy bilish vazifalarini ajratish (maqsad va vazifani aniqlay bilish);

— masalaning yechimini topish yo’liga mos ish-harakat usullarini aniqlash va tanlash;

— quyilgan vazifaning yechimini topishda tanlangan ish-harakat usullari maqbullik darajasini aniklash.

Quyidagilar mustaqil faoliyatning to’zilmaviy bosqichlari hisoblanadi:

• faoliyat maqsadini aniqlash;

• faoliyat predmetini aniqlash;

• faoliyat vositalarini aniqlash.

Ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan sifat jihatdan yuqori, yangi va dolzarb murakkab masalalar bu jarayonni bevosita loyihalashtiruvchi, amalga joriy etuvchi natijalarini DTS hamda ijtimoiy buyurtmaga qiyoslab, yanada takomillashtirish yo’llarini izlab topadigan texnologiya fani o’qituvchilariga ham yangi talablar qo’yadi. Ana shunday talablardan biri ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladigan nomutanosibliklar, ziddiyatli holatlar va yangiliklardan hadiksirash kayfiyatini bartaraf etishdir.

Mazkur tahlillar texnologiya fani o’qituvchilari tomonidan texnologik jarayonlarni tashkil etish faqat standart vaziyatlarda qo’llaniladigan kompetentlilik bilan cheklanilayotganligini ko’rsatadi. Nostandart yoki lotarial vaziyatlarda tezkor, aniq va to’g’ri qaror qabul qilishga asos hisoblanadigan izlanuvchan ijodiy faoliyatni ta’minlovchi jihatlarga yetarlicha ahamiyat berilmayotganligi T.V.Gusьkov va V.D.Ivanov kabi pedagog olimlarning ishlarida ham ta’jihatlari kidlangan.

Kasbiy-metodik maxoratning muhim jihatlaridan biri texnologiya fani o’qituvchisining texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etishda mo’ljal ola bilishi va lotareal sharoitga mos holda hatti-harakatlarini uyg’unlashtirishi ekanligini S.L.Rubinshteyn, V.A.Tokareva kabi psixologlar tomonidan isbotlangan.

Pedagogik maxoratning ushbu komponenti asosli ravishda qo’yilgan vazifalarga o’zgarishlar kiritishi, tashqi ta’sir va omillarga moslashishi yoki ularni bartaraf etishi, jamoa ichida, shaxslararo munosabatlarni tartibga solishi, yuzaga kelgan lokal ziddiyatlarni bartaraf etishi, nazorat qilishi, uning harakteri, yo’nalishini zarur xollarda o’zgartirishi kabilarga imkon beradi.

Pedagogik vaziyatlardagi talablarga uyg’un qaror qabul qilish qobiliyati kasbiy faoliyatning ijodiy harakterini ko’rsatadi. U o’z navbatida pedagogik tadqiqot ob’ekti bo’lishi zarur. SHunga ko’ra ta’lim-tarbiya jarayoniga, ba’zi bir o’zgartirishlar kiritilishi A.T.Malenko, M.G.Davletshin, E.G’oziev kabi psixolog olimlar tomonidan ta’kidlangan.

Bizning nazarimizda texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyatini takomillashtirishda, kasbiy-metodik faoliyatga moslashuvchinlikni shakllantirishda, texnologiya fani o’qituvchilarining pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini aniqlashda o’qituvchining psixo-fizialogik hususiyatlarini e’tiborga olish muhim omil bo’lib hizmat qiladi.

O’qituvchi shaxsining kasbiy-metodik faoliyatga moslashuvchanligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ta’lim muassasasi jamoasi tomonidan amalga oshiriladi.

Texnolgiya fanida texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish mehanizmini ishlab chiqishda o’qituvchining bilim darajasi, xotira jarayoniga tayanib mustaqil fikr yuritishi, uning salohiyati, kasbiy mahorati va texnik ijodkorligi hamda kasbiy-pedagogik moslashuvchanlik qobiliyatlarining majmui masalani lotarial yechimini ta’minlaydi.

1.3.Texnologiya fani o’qituvchilarining texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqaruv faoliyatini mexanizmini takomillashtirish omillari

O’quvchilar bilimi sifati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada yuqori darajalarga ko’tarayotgan, tamomila yangilanyotgan jamiyatda, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ahborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan bugungi kunda yoshlarimiz kelajak ta’lim tizimiga tahmal toshini qo’ymoqdalar. Bu esa yangidan shakllanayotgan «Yangi O’zbyokiston» davlatini yanada ravnoq topishini ta’minlaydi.

Ushbu yuksak vazifani bajarish jarayonini muvoffaqiyat bilan amalga oshirish yoshlardan puha tayyorgarlik, bilim, saviya ijodkorlik va iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan har bir qadamimiz shag’dam, ishonchli, zafarli bo’lishi lozim, buning uchun esa zamon bilan hamnafas, bozor iqtisodiyoti bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’llarini biladigan, unga amal qiladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash lozim bo’ladi.

Hozirgi kunda Respublikamiz xalq ta’limi tizimini rivojlangan davlatlar darajada takomillashtirish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlardan ko’zlangan asosiy maqsad — yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish sifati va samaradoligini oshirish, ularni o’z yurtini sodiq farzandi etib tarbiyalash va mustaxkam bilim berish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratilmoqda. Ushbu vazifalar pedagog kadrlarni kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini bugungi kun talabidan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya jarayonini kengaytirish, chuqurlashtirish, yangilash, zamonaviylashtirish orqali o’quv jarayonini sifati va samaradorligini oshirishga, kompetentligini yanada yuqori darajaga ko’tarishga qaratilgan.

Mirziyoev SH. M. «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalkimiz bilan birga ko’ramiz» asarida X1X asrda mahrifatli dunyo oqillari Buxoriy, Farьoniy, Xorazmiy, Beruniy, ibn Sino va Ulug’beklarni qanchalik izzat-ikrom qilgan bo’lsa, XX1 asrda ham xalqimiz, millatimizga nisbatan ana shunday extiromni qo’lga kiritishimiz kerak, o’sha davrda ulug’ ajdodlarimiz asos solgan va olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. Bunga esa ta’lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin”deb, o’z fikrlarini bayon etganlar.

O’zbyokiston Respublikasi Xalq Ta’limi vazirining 2017 yil 3 iyundagi 190-sonli «Umumiy o’rta Ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o’quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan 2017—2018 o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi rejalashtirildi. Jumladan, ushbu buyruqqa ko’ra umumiy o’rta ta’limning DTS va o’quv dasturlari 2017—2018 o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish quyidagi tartibda amalga ko’zda to’tilgan:

1-bosqich: 2017—2018 o’quv yilidan 1-, 4-, 6-, 7-10-sinflarda;

2-bosqich: 2018—2019 o’quv yilidan 2-, 3-, 8-, 9-11-sinflarda;

3-bosqich: 2019—2020 o’quv yilidan 5-sinflarda tamalga oshirildi.

Bu esa darsliklar va turli til adabiyotlardan foydalangan holda fanlarni o’qitishda innovatsion xarakterga ega bo’lgan muammolarni innovatsion yondashuv asosida dars jarayoniga tadbiq etish va shu asosda o’quv mashg’ulotlari jarayonini nahmunali tashkil etishni talab etadi.

Yuqorida zikr etilgan vazifalarni bajarishda texnologiya fanida texnologik jarayonlarni tashkil etish masalasi muhim ahamiyatga ega.

Ayniqsa, bunda mavzuga mos yangi pedagogik texnologiyalarini tanlash va ahborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan dars jarayonida foydalanish yaxshi natijalar bermoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar bilimi va samaradorligini oshirishda o’qitish jarayonida innovatsion ta’lim texnologilaridan foydalanish muhim o’rin to’tadi.

Jahon jamjamiyatining asosiy maqsadini amalga oshirish, kelajak yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan dars jarayonini boshqaruv faoliyati kompetentligi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda.

Бесплатный фрагмент закончился.

Купите книгу, чтобы продолжить чтение.